Eng yaxshi faralarga ega mashinalar ma'lum qilindi

Fan-texnika 13:10 / 01.12.2018 24059

AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilot tomonidan 2018 yilda sinovdan o‘tkazilgan avtomobillarning yarmidan ko‘pining faralari yo‘lni yetarlicha yoritmaydi va qarshi yo‘nalishdan kelayotgan haydovchilar ko‘zini qamashtiradi. Sinovlar natijalariga ko‘ra, 165 ta modeldan 32 tasigina eng yuqori baho olgan.

IIHS faralarni sinovdan o‘tkazishni 2016 yilda boshlagan. Sinovlarda 31 ta model va 82 ta variantdagi yorug‘lik texnikasi ishtirok etgan. O‘shanda Toyota Prius modelining uzoqni yoritish nurini avtomatik boshqarish funksiyasiga ega yorug‘lik-diodli faralari eng yaxshi, BMW 3-Series’ning faralari esa eng yomon deb topilgandi. O‘sha yilning iyunida o‘tkazilgan keyingi sinovlarda Honda HR-V eng yaxshi optikaga ega deb topilgan. Eng yomon faralar esa Mazda CX-3’da ekanligi qayd qilingan.

Mazda CX-3

2018 yilda institut 165 ta avtomobilni va 424 ta variantdagi yorug‘lik texnikasini tekshiruvdan o‘tkazgan. 32 ta model “yaxshi” baho, 58 tasi “qoniqarli”, 32 tasi “past” baho va 43 tasi eng past baho olgan. Shu tariqa, sinalgan avtomobillarning 67 foizi faralari amaldagi xavfsizlik talablariga mos kelmagan. Eng yuqori baholarni Genesis G90 va Lexus NX modellari olgan. Chevrolet Volt, Genesis G80, Mercedes-Benz E-Class va Toyota Camry modellarining faralari “yaxshi”, Honda HR-V, Toyota C-HR va Infiniti QX60 faralari eng yomon deb topilgan.

Quyida 2018 yilda faralari uchun “yaxshi” va “qoniqarli” baho olgan avtomobillar keltirilgan.

IIHS sinovlari kunning qorong‘i qismida o‘tkaziladi. Maxsus sensorlar yordamida har bir turdagi faralar uchun to‘g‘ri ketayotganda va burilishning 4 ta turidagi (chap va o‘ng burilishlar, ohista va keskin burilishlar) nur miqdori o‘lchanadi. Bu sinovlarda olingan yuqori baholar IIHS’ning krash-testlarida eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan mashinalarga eng oliy mukofot Top Safety Pick+’ni olishga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: