Volkswagen kompaniyasi Atlas nomli yetti kishiga mo‘ljallangan krossoverni ishlab chiqarishni boshladi. Avtomobil Chattanuga shahri (Tennessi shtati)dagi zavodda yig‘ilmoqda, deb xabar bergan kompaniya matbuot xizmati. Yangilik AQShdan tashqari boshqa davlatlarga ham yetkazib beriladi. Krossover sotuvi 2017 yilning oxirlarida boshlanishi kutilmoqda.
Volkswagen Atlas MQB modulli platformasida yaratilgan eng katta avtomobil bo‘ladi. Krossover hajmi bo‘yicha hattoki Touareg’ni ham ortda qoldirgan. Atlas’ning uzunligi besh metrdan ko‘proqni tashkil qilib, kengligi deyarli ikki metrga teng.