Amazon rahbari Jyeff Bezosning ma'lum qilishicha, kompaniya Amazon Prime Air xizmati yordamida Buyuk Britaniyada yashovchi fuqaroga ilk bor to‘liq avtonom tarzda harakatlanuvchi dron yordamida xaridini yetkazib berdi.
Bu ish 7 dekabr kuni amalga oshirilgan bo‘lsa-da, bu haqda faqat 14 dekabrda xabar berilmoqda. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan videoda ko‘rsatilishicha, Kembridjshir grafligida yashovchi xaridor Amazon Fire TV va bir qadoq bodroqqa ega bo‘lgan.
Amazon kompaniyasining xabar berishicha, qabul qilishdan mahsulotni xaridorga yetkazib bergunga qadar bo‘lgan operatsiya jarayoniga 13 daqiqa ketgan.