Vashington Universiteti mutaxassislari Wi-Fi-uzatkichlar enegiya sarfini 10 ming barobarga kamaytiruvchi texnologiyani ishlab chiqishdi. Ular bunday rekord ko‘rsatkichlarga raqamli va o‘xshash amaliyotlarni ajratib kelishgan.
Wi-Fi-uskunalarning ko‘p quvvat sarfiga asosiy sabab – o‘xshash amaliyotlardir. Agarda uydagi routerda energiyaning qo‘shimcha sarfi sezilmasa, smartfonda Wi-Fi akkumulyator quvvatining ketishiga asosiy sababchi sanaladi. Yirik tarmoqli infratuzilmalarda ham bunga ko‘p quvvat ketadi.
Faol bo‘lmagan Wi-Fi uzatkichda raqamli va o‘xshash amaliyotlarni qayta ishlash turli modullar yordamida amalga oshiriladi. Alohida o‘xshash uzatkich signalni translyatsiya qiladi. U esa keyinchalik yutib yuboriladi va raqamli tezlik darajasini o‘zgartiruvchi asboblarda kamroq kuch bilan aks etadi hamda odatiy paketlar ko‘rinishida uzatiladi.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, faol bo‘lmagan Wi-Fi boshqalarga qaraganda 10 ming marotaba kamroq quvvat talab qiladi. Bundan tashqari, uning energiya sarfi Bluetooth LE yoki ZigBee’dan ham ming marotaba pastroqdir.