"Tesla" elektrokari raqobatchisining tashqi ko‘rinishi oshkor etildi

Fan-texnika 19:12 / 14.12.2016 6115

Faraday Future kompaniyasi Tesla avtomobillariga raqobatchi bo‘ladigan o‘zining birinchi modelining yangi tizerlarini chop etdi. Shu bilan birga AQSh kompaniyasi yangi model chiqadigan sanani tasdiqladi. Mashina 2017 yil 3 yanvarida oshkor qilinadi va so‘ngra Las-Vegasdagi iste'molchilik elektronikasi ko‘rgazmasi CES’da ommaviy namoyish qilinadi.

Kompaniyada modelning kontseptual yoki seriyali varianti namoyish qilinishi ma'lum qilinmagan. Tizerlarga ko‘ra, gap prototip haqida ketmoqda. Suratlarda avtomobilning kuzovi xetchbek va universal o‘rtasidagi ko‘rinishni eslatib yuboradi. Avvalroq kompaniyaning ilk mashinasi krossover bo‘lishi taxmin qilingandi.

Shu bilan birga yorug‘lik diodli optika elementlarini hamda orqa ko‘rinish oynasi o‘rnini bosuvchi kamerani ko‘rish mumkin. Suratlardan birida avtomobil poli ostida o‘qlar orasida joylashgan batareyalar to‘plamini ham ko‘rish mumkin. 

Avvalroq kompaniya elektrokar videotizerini chop etgandi. Unga ko‘ra, Faraday Future yangi mashinani Bentley Bentayga, Ferrari 488 GTB va Tesla Model X modellari bilan dreg-poygada taqqoslagan. Rolikda qisman start olishlar ko‘rsatilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: