Renault kompaniyasi arzon narxda elektrokar taqdim etishni rejalashtirgan. Bu haqda “Avtorevyu” nashri yozmoqda.
Avvalroq mana shunday modellar zarurligi haqida Renault-Nissan alyansi rahbari Karlos Gon ma'lum qilgan edi. Elektromobilning narxi 7-8 ming dollar bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa avtomobilni bunday segmentlar ichida mutlaqo arzon bo‘lishini ta'minlaydi. Bo‘lajak elektromobilning platformasi Hindistonda ishlab chiqarilayotgan Renault Kwid xetchbek bo‘lishi mumkin.