Amerikaning Google qidiruv servisi 2016 yildagi eng ommabop so‘rov talablarini ma'lum qildi. Bu haqda CNET xabar bermoqda.
Foydalanuvchilarning aksariyati Powerball lotereyasi, musiqachi Prins (joriy yilda vafot etdi), Metyu dovuli, Pokemon Go va Slither.io o‘yinlarini qidirishgan.
Shuningdek, birinchi o‘nlikdan Olimpiya o‘yinlari va musiqachi Devid Boui (2016 yilda hayotdan ko‘z yumdi) ham o‘rin oldi.
Eng ommabop qidirish talablari orasida “Tramp” va “saylovlar” ham yetakchilik qildi. Top-10ni AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton yakunlab bergan.
Kishilar reytingida (o‘limlarni inobatga olmagan holda) Tramp va Klinton yetakchilik qilishdi.
“Yangiliklar” bo‘limidan esa Olimpiada, “saylovlar”, Orlandodagi otishma, Brexit, Zika virusi joy oldi.