2016 yilning eng mashhur 16 loyihasi 

Fan-texnika 16:49 / 14.12.2016 21181

2016 yilning eng mashhur 16 loyihasi vc.ru tahririyati tomonidan tanlab olindi. Materiallar necha marotaba ko‘rilganiga qarab baholangan. 

1. Fidget Cube — vazifaga diqqatni jamlashga yordam beruvchi o‘yinchoq (32 218 marta ko‘rilgan)

Fidget Cube turli tomonlarida soxta yoquvchilari, bir necha tugmasi, o‘yin stiki (geympadlardagi kabi), u qadar katta bo‘lmagan o‘yma, kodli qulflardagidek g‘ildiraklar va kichik aylanali o‘rtacha kubik bo‘lib, uni har tomonga aylantirish mumkin. U diqqatni jamlash kerak bo‘lgan paytda qo‘llarni band qilishga yordam beradi. 

Loyiha Kickstarter kraudfanding kampaniyasi yordamida 6,5 million dollar to‘pladi. 

2. Rich Kids — faqat badavlat kishilar o‘z suratlarini chop etishi mumkin bo‘lgan servis (26 635 marta ko‘rilgan)

Rich Kids — suratlar almashishga mo‘ljallangan servis. U o‘z raqiblaridan shunisi bilan ajralib turadiki, unga suratlarni yuklashda obuna uchun to‘lov kiritish kerak bo‘ladi. Bir oylik obuna narxi - 1000 dollar. Foydalanuvchi bu pullar evaziga platformada o‘z suratlarini joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi, ularni esa loyihaning istagan foydalanuvchilari ko‘zdan kechirishi mumkin. 

Servis shiori — "Boyligingizni hech kim ko‘rmasa, badavlat bo‘lish zerikarli".

3. Need a Mom — 20 yoshlilar uchun onalar ijarasi xizmati (22 450 marta ko‘rilgan)

Servis "ona taftini his qilish"ni istagan yoshlarga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda haqiqiy onaning ishtiroki yo‘lga qo‘yilmaydi. "Ijaraga olingan" ona kiyimlaringizni dazmollash, hujjatlarni rasmiylashtirishga yordam berish, shirinliklar tayyorlash, bir piyola choy ustida ishlaringizni muhokama qilishda yordam beradi. 

"Ijaraga olingan ona o‘z farzandini boshqa bolalar bilan solishtirmaydi, uning turmush tarzi, kiyinish uslubi, do‘stlari va parheziga e'tiroz bildirmaydi", - deyishmoqda servis yaratuvchilari. 

4. Airfrov — sayohatchidan xorijdan biror narsa olib kelishni so‘rash mumkin bo‘lgan servis (20 755 marta ko‘rilgan)

Servis mamlakatda sotib olishning imkoni bo‘lmagan biror narsani xorijdan keltirishni istagan, biroq yetkazib berish uchun do‘konga qo‘shimcha pul to‘lashni istamaganlarga mo‘ljallangan. Ilova shuningdek internetdan xarid qilishning imkoni bo‘lmagan noyob narsalarga qo‘lga kiritishda ham yordam beradi. 

5. Montainer Homes — Airbnb'ga topshirish uchun transport konteynerlari "uy"i

Loyiha jamoasi uylarning hovlisiga turar-joyga mo‘ljallab, qayta jihozlangan transport konteynerlarini o‘rnatadi. Keyin esa uy egalari uni Airbnb'ga  qayta topshirish mumkin. Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, startap Kremniy vodiysida turar-joy yetishmovchiligi muammosini yechishni rejalashtirgan. 

6. «Bivan» — Madrobots jamoasidan puflangan divan (20 155 marta ko‘rilgan)

Ishlab chiqaruvchilar g‘oyasiga ko‘ra, puflangan divanni xaridor o‘zi bilan birga olib yurishi mumkin. «Bivan» buklangan holatda ryukzak yoki sumkaga sig‘adi. 

7. Ohlala — "Pulli uchrashuvlar"ni tashkillashtirishga mo‘ljallangan servis (16 090 marta ko‘rilgan)

Ushbu ilova yordamida erkak kishi u bilan uchrashuvga chiqishga tayyor ayolni topishi mumkin - muayyan summa evaziga, albatta. Taklifga munosabatini bildirish uchun ayolning 21 daqiqa vaqti bo‘ladi. Mazkur servisdan faqatgina voyaga yetganlar foydalanishi mumkin. Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning eskort-xizmatlarga umuman aloqasi yo‘q. 

8. NoPhone — smartfonga tobe'likdan xalos bo‘lishga mo‘ljallangan plastik bo‘lagi (15 885 marta ko‘rilgan)

NoPhone — smartfon shaklidagi qora plastik bo‘lagi. Uni cho‘ntakda olib yurish va umuman istagan joyda saqlash mumkin. Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, 10 dollarli qurilma smartfonga tobe'likdan xalos qiladi. 

9. Do Not Snap — egasining suratlardagi yuzini xiralashtiruvchi nishon (14 830 marta ko‘rilgan)

Do Not Snap tizimi maxsus suratlarda egasini topishga yordam beruvchi nishon va dasturiy ta'minotdan iborat. Agar surat joylashtirilayotgan saytda dasturiy ta'minot o‘rnatilgan bo‘lsa, Do Not Snap avtomatik tarzda nishon egasining suratlardagi yuzini xiralashtiradi. 

10. Ava — qimmatbaho vinolarni molekulyar darajada "klonlashtiruvchi" startap (12 454 marta ko‘rilgan)

Loyiha mualliflari arzon vinalarni qimmatbaholariga "aylantirish" bilan shug‘ullanishadi. Tadqiqotchilar qimmatbaho vinolarning molekulyar tarkibidan nusxa olishadi. Shu yo‘l bilan sintezlangan vinoni asl nusxadan ancha arzon narxga xarid qilish mumkin bo‘ladi. 

11. Franz — Slack, Telegram, WhatsApp, Skype va boshqalar uchun yagona messenjer (11 929 marta ko‘rilgan)

Keng ko‘lamda qo‘llaniluvchi messenjerlar yordamida muloqot qilish mumkin bo‘lgan ilova: Slack, Telegram, WhatsApp, Skype, HipChat, Facebook Messenger, Google Hangouts, Grape va boshqalar.

12. Bobby — o‘g‘rilardan himoyalovchi ryukzak (11 852 marta ko‘rilgan)

O‘g‘rilardan maksimal himoya qilish uchun loyihalashtirilgan ryukzak. Ryukzak mustahkam matodan tikilgan, uning qayerdan ochilishini esa egasidan boshqa odam topa olmaydi. 

13. Booosh.me — Rossiyaning yaqin orada joylashgan hammomni aniqlovchi servisi (11 720 marta ko‘rilgan)

Rossiyaning shahar aholisiga yaqin orada joylashgan hammomlarni aniqlashga yordam beruvchi servisi. Mazkur dasturga fitnes-klublar, mehmonxonalar va boshqa muassasalar ham qo‘shilmoqda. Loyiha saytidagi ma'lumotga ko‘ra, hozirda u yopiq test jarayonidan o‘tmoqda. Facebook tarmog‘idagi sahifasi esa 2016 yilning avgustidan buyon yangilanmagan. 

14. CrocoDie — avtomobil egasini evakuator yaqinlashayotganidan ogohlantiruvchi ilova (11 647 marta ko‘rilgan)

Rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning yana bir ilovasi bo‘lib, u avtomobil egasini uning mashinasiga evakuator yaqinlashayotganidan ogohlantiradi. Bu haqida xabar olgan avtomobil egasi mashinasini boshqa joyga olib qo‘yishi mumkin. 2016 yilning dekabriga kelib, loyiha Rossiyaning sakkiz shahrida ishga tushirildi. 

15. Pilot — suhbatdosh nutqini real vaqt rejimida tarjima qiluvchi quloqchin (10 644 marta ko‘rilgan)

Inson nutqini real vaqt rejimida tarjima qiluvchi quloqchin. Moslama smartfonga o‘rnatilgan ilovaga bog‘langan holda ish beradi va juft bo‘lib sotiladi. Masalan, quloqchin egasi bo‘lgan sayohatchi notanish shahar ko‘chalarida xuddi shunday qurilmasi bo‘lgan insonni izlashiga hojat qolmasligi uchun to‘plamda ikki quloqchin mavjud. 

16. Smog Free Tower — smogni bezakka aylantiruvchi havoni tozalovchi minora (9952 marta ko‘rilgan)

Havoni ifloslantiruvchi moddalarni presslab, kichik kubiklarga aylantiradigan havo tozalovchi minora. Kubiklardan bezaklar, xususan uzuklar yaratishda foydalaniladi. 

Ko‘proq yangiliklar: