O‘zbekiston chegara qo‘shinlari 2016 yilning noyabr oyida davlat chegarasini noqonuniy kechib o‘tmoqchi bo‘lgan 181 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qoshidagi davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili ma'lum qilgan.
Bu masalada eng ko‘p o‘zbek-qozoq chegarasida qo‘lga olingan — 101 kishi. Boshqa holatlar esa Qirg‘iziston — 68 kishi, Afg‘oniston — 6 kishi, Tojikiston — 5 kishi va Turkmaniston — 1 kishi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda 44 marta o‘tishga harakat qilingan va 830 million so‘mlik tovarlar ushlab qolingan.