Rio-2016. Boks finalida Shahobiddin Zoirovga yutqazgan sportchi kumush medalidan mahrum qilindi

Foto: AFP
Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik bokschi Misha Aloyanning Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi kumush medalidan mahrum qildi.
Halqaro olimpiya qo‘mitasi (HOQ) 52 kg.gacha vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Aloyanni 21 avgustda doping nazoratida qonidan taqiqlangan modda topilganidan so‘ng ishni ko‘rib chiqishga kirishgandi.
Arbitraj sudi ma'lumotga ko‘ra, uning qonidan taqiqlangan tuaminogeptan moddasi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Aloyan Rio-2016 finalida o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirovga qarshi kechgan jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan va kumush medal bilan cheklanishga majbur bo‘lgandi.
Mavzuga oid

21:31 / 29.02.2024
Shveytsariya shaharlari haqida 10 ta qiziqarli fakt

12:25 / 01.11.2019
Tokio olimpiadasiga jami 135ta yo‘llanma qo‘lga kiritish rejalashtirilgan - MOQ

23:15 / 28.11.2016
Gimnastika bo‘yicha eng yosh mutlaq jahon chempioni o‘z faoliyatini yakunlamoqda

21:35 / 24.11.2016