Forbes Jonni Deppni yuqori baholanib yuborilgan yil aktyori deb topdi

Foto: Getty Images
AQShning Forbes jurnali Jonni Deppni yilning eng yuqori baholanib yuborilgan aktyori deb topdi. Depp bu "unvonga" ketma-ket ikkinchi yil loyiq deb topilmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Depp ishtirokidagi oxirgi uchta film unga to‘langan har bir dollar uchun 2,8 dollar keltirgan.
Bu borada 2-o‘rinni Uill Smit egalladi, u olgan gonorarining har bir dollari studiyalarga 5 dollar keltirgan. 3-o‘rinni 6 dollar bilan Chenning Tatum egallamoqda.
4-o‘rinni Uill Ferrell (6,5 dollar), 5-o‘rinni Jorj Kluni (6,7 dollar) egalladi, ulardan keyingi o‘rinlarda Adam Sendler, Mark Uolberg, Leonardo DiKaprio, Djuliya Roberts va Bredli Kuper kelmoqda.
Avvalroq Dueyn Jonson eng katta haq oluvchi aktyorlar ro‘yxatini boshqarayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi

21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi

22:27 / 10.08.2024
Forbes AQShdagi prezidentlik poygasining «eng qashshoq» ishtirokchisi nomini ma’lum qildi

12:13 / 24.07.2024