Yangi Opel Insignia modelining tashqi ko‘rinishiga oid suratlar paydo bo‘ldi

Fan-texnika 15:44 / 06.12.2016 7430

Autoevolution nashri ixtiyorida ikkinchi avlod Insignia modelining xetchbeki va universaliga oid suratlar paydo bo‘ldi. OPC Line modifikatsiyasidagi avtomobillar rasmiy fotosessiya vaqtida o‘g‘rincha suratga olingan.

Monza kontsept kari uslubida ishlab chiqilgan Insignia modeli yangi platformada ishlab chiqilgan. U avvalgisidan 55 mm uzunroq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, uning g‘ildiraklar bazasi ham 92 mmga kengayadi. G‘ildiraklar o‘lchami ham 10 mmga kattalashadi. Shu bilan birga, qanotlari chegarasi 30 mmga pasayadi. Model ayrim namunalarida avvalgisidan 175 kg yengilroq bo‘ladi. 

Suratlarda aks etgan OPC Line modifikatsiyasi dizayni, pasaygan podveskasi, 20-dyuymli g‘ildiraklari hamda Brembo tormoz tizimlari bilan farqlanadi. 

Yangi avlod Opel Insignia kelgusi yil mart oyida Jyenevada bo‘lib o‘tadigan motorshouda rasman taqdim etiladi. Xetchbek Grand Sport deb nomlanadi, universal hozirgidek Sports Tourer deb yuritiladi. Yo‘ltanlamas namunasiga Country Tourer deyilishi xabar qilinmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: