Avstraliyalik erkak o‘lik meduzalarni ayollarning ko‘krak implanti deb o‘ylab, politsiyaga olib keldi

Foto: sunshinecoastdaily.com.au
Avstraliya fuqarosi politsiya bo‘limiga bir necha o‘lik meduzalarni olib kelib, qirg‘oqda ko‘krak implantlarini ko‘rib qolgani haqida ma'lum qildi. Uning fikricha, ular o‘ldirilgan yoki cho‘kib ketgan ayollarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Sunshine Coast Daily nashrining xabar berishicha, politsiyachilar erkakka u tomonidan olib kelingan “ashyoviy dalillar” boshqa narsa ekanligini tushuntirmoqchi bo‘lishdi, biroq avstraliyalik baribir ularni yozma ravishda qo‘l qo‘yib olishlariga erishgan.
Oxir-oqibat topilma ekspertizaga jo‘natildi. Mutaxassisning xulosasiga ko‘ra, ular oddiy o‘lik meduzalar ekan, xolos.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:29 / 03.03.2025
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi

18:08 / 28.02.2025