Putin va Erdo‘g‘an ketma-ket ikkinchi kun telefon orqali suhbatlashishdi

Foto:Rusvesna.su
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashishdi, deb ma'lum qilmoqda Kreml sayti.
"Telefon suhbati davomida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashish davom ettirildi", deyilgan xabarda.
Suhbatning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
25 noyabrda ham Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgandi. O‘sha suhbatda ham asosiy mavzu Suriya ixtilofini hal qilish masalasi bo‘lgan.
Bu suhbat turk tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainadagi vaziyatda hech kimga yon bosmoqchi emas

22:17 / 05.03.2025