Yangi Zelandiya rahbari savdo kelishuvini Tramp nomi bilan atashni taklif qildi

Foto: Reuters
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Ki Trans-Tinch okeani sherikligi (TTSh) doirasidagi yangi savdo kelishuvi haqida hazilomuz gap qildi. U bu kelishuvni unga qarshi bo‘lgan, AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqqan Donald Tramp nomi bilan atashni taklif etgan. Bu haqda The Guardian xabar bergan.
«Masalan, Tramptinchokeani sherikligi», — degan Ki Peruda boshlangan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida.
U AQSh mintaqadagi muhim hamkorligini, ammo Tramp ma'muriyati buni istamasa, Xitoy AQShning o‘rnini egallay olishi mumkinligini qayd etib o‘tgan.
Bundan oldinroq, OTIH davlatlari AQSh ishtirokisiz yangi savdo kelishuvi loyihasini ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Ma'lumot uchun, Trans-Tinch okeani sherikligini tuzish bo‘yicha shartnomani o‘tgan yil oktabrida 12 mamlakat — AQSh, Kanada, Meksika, Peru, Chili, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Bruney, Vetnam, Singapur va Malayziya imzolagan bo‘lib, mazkur kelishuv unga a'zo davlatlar mahsulotlarining erkin savdo hududida bojsiz harakatda bo‘lishi va boshqa imtiyozlarni beradi.
Mavzuga oid

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:46 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?

22:08 / 19.12.2024