iPhone 7 egalari mo‘rt va qizib ketuvchi Home tugmasidan shikoyat qilishdi

Foto: © AFP
iPhone 7 va iPhone 7 Plus foydalanuvchilari smartfonlarda sensor qilib ishlangan yangi Home tugmasi mo‘rt materialdan tayyorlangani va juda ko‘p sinishiga e'tibor qaratishdi. Bu haqda AppleInsider xabar bermoqda.
iPhone foydalanuvchilari shuningdek singan tugma ko‘proq energiya iste'mol qilishi va smartfonni tezroq quvvatsizlantirishidan shikoyat qilganlar. Bundan tashqari, tugma ba'zida qo‘lni kuydirayozgudek darajada qizib ketadi.
Ayni vaqtda servis markazlarida bu muammo smartfonning o‘zini almashtirish bilangina hal qilinmoqda. Mutaxassislar ushbu tugma bilan muammolar borgan sari ko‘proq yuz berayotganini tasdiqladilar.
Mavzuga oid

16:50 / 18.07.2018
iPhone 7 ikki kun suv ostida qolib ketgandan keyin ham ishladi

21:00 / 14.01.2018
iPhone X’ga Home tugmasini qaytaruvchi gadjyet yaratildi

15:55 / 23.09.2017
Tirnash, egish, yoqish: iPhone 8 sinovlardan o‘tkazildi

15:18 / 05.09.2017