Xiaomi Mi A1 byudjyet smartfoni rasman namoyish etildi

Fan-texnika 15:18 / 05.09.2017 18955

Xiaomi kompaniyasi Google bilan hamkorlikda Android One byudjyet qatoridagi yangi smartfonini rasman taqdim etdi. Xiaomi Mi A1 nomini olgan qurilma Xiaomi Mi 5X'ni yodga soladi. Hi-Tech shu haqida ma'lum qildi. 

Xitoylik ishlab chiqaruvchining yangi smartfoni metall korpus va iPhone 7 Plus'dagidek 12 + 12 Mp'li ikki flagman kameraga ega bo‘ldi. Suratni qayta ishlash uchun mashina algoritmlari qo‘llaniladi. Ikkilamchi optik zum mavjud.

Qurilma Xiaomi Mi 5X va Xiaomi Redmi Note 4 smartfonlaridagidek samaradorlikni ta'minlaydi. Yil oxiriga qadar qurilmaning Android 8.0 tizimigacha yangilanish ehtimoli bor va u birinchilardan bo‘lib Android P'ga ega bo‘ladi. Xiaomi Mi A1 smartfoni USB Type-C porti bilan jihozlanadi. 

Xiaomi Mi A1 smartfonining texnik xususiyatlari:

•    Ekran: 5.5", Full HD, IPS
•    Chip: Snapdragon 625;
•    Xotira: 4 GB - asosiy, 64 GB - ichki;
•    Asosiy kamera: 12 + 12 Mp;
•    Frontal kamera: 5 Mp;
•    Batareya: 3080 mAs;
•    Tizim: OS Android 7.1.2.

Sana va narx

Qurilma ikki xil variantda ishlab chiqarilishi mumkin. Uning 4+64 GB konfiguratsiyasi narxi taxminan 13 500 rublni tashkil qiladi. Smartfon 12 sentabrdan boshlab Hindistonda sotuvga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: