XDP ijtimoiy tarmoqlarda Xatamjon Ketmonov nomidan ochilgan soxta sahifalar haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy saylov shtabi bayonoti partiyaning prezident saylovidagi nomzodi Xatamjon Ketmonov nomidan ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan soxta profillardan ogohlantirdi.
Ayni paytda mamlakatimiz uchun muxim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan, targ‘ibot-tashviqot jarayonlari faol davom etmoqda.
Bu borada, an'anaviy targ‘ibot vositalari bilan bir qatorda, on-layn targ‘ibot, xususan, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, partiyadan nomzodi ilgari surilayotgan Xatamjon Ketmonovning rasmiy sahifalarini quyidagi:
https://www.facebook.com/Xatamjon.Ketmonov/,
https://twitter.com/X_A_Ketmonov
https://telegram.me/X_A_Ketmonov
manzillar orqali kuzatib borish imkoniyatiga barcha saylovchilar ega ekanini ma'lum qilamiz.
Saylovchilarni ko‘rsatib o‘tilgan havolalar rasmiy bo‘lib, nomzod nomidan tashkil etilayotgan boshqa sahifalardagi axborotlarga e'tibor qaratmaslikka chaqiramiz", deyilgan xabarda.
Mavzuga oid

00:27 / 09.02.2025
Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi - olimlar

19:33 / 01.02.2025
Turkiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi

20:16 / 29.01.2025
Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV

00:16 / 03.01.2025