Vashingtondagi ko‘priklardan birida Obama haqqiga haqoratli so‘zlar yozilgan banner paydo bo‘ldi

AQSh poytaxti – Vashingtondagi Arlington yodgorlik ko‘prigida faollar o‘z lavozimini tark etayotgan AQSh prezidenti Barak Obamaning tasviri tushirilgan va "Alvido, qotil" degan yozuv bo‘lgan katta bannerni ilib qo‘yishdi.
Bu aksiya haqida ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab foydalanuvchilari, jumladan aksiya tashkilotchilarining o‘zlari ham ma'lum qilishgan.
"Biz yaqinda o‘z lavozimini tark etadigan qotil Barak Obama bilan shunday xayrlashishga qaror qildik. U Liviya, Suriya, Iroq, Yaman va Ukrainadagi minglab tinch aholining o‘limida aybdor. U prezidentligi davomida ko‘plab qonli urushlarni boshladi. U tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga noloyiqdir. Uni haqiqiy "mukofot" Gaaga sudida sudlanuvchilar kursisida kutmoqda", deb yozdi aksiya tashkilotchilaridan biri tvitterda.

Mavzuga oid

09:51 / 07.03.2025
Kellog: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boshlamoqchi

22:46 / 28.02.2025
Vashingtonda Tramp va Zelenskiy uchrashuvi boshlandi

18:01 / 31.01.2025
Vashingtondagi aviahalokatning yangi tafsilotlari. Bir kun o‘tib nimalar ma’lum?

21:42 / 30.01.2025