Xitoy 15 yil davomida qochib yurgan poraxo‘rni vataniga qaytardi

Illyustrativ surat / © RIA
15 yil mobaynida jazodan qochib yurgan xitoylik poraxo‘r Xitoyga qaytarildi, deb xabar qilmoqda Xitoy Kommunistik partiyasi intizomni tekshirish markaziy komissiyasi.
Yan Yunmin Tszilin viloyatidagi farmatsevtik kompaniyani boshqargan, ammo mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirganlikda ayblangach, mamlakatni tark etgan edi. 2001 yildan beri dastlab Avstraliyada, so‘ngra Yangi Zelandiyada yashirinib yurgan. Xitoy va Yangi Zelandiya huquq-tartibot idoralarining o‘zaro hamkorligi natijasida jinoyatchi XXRga qaytarildi.
Markaziy komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, Yan Yunmin Xitoyning 100 nafar eng qochqin poraxo‘ri ro‘yxatiga kirgan.
Mavzuga oid

11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi

22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

15:02 / 10.12.2024