Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma'lum bo‘ldi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi nomini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan nomzodlar nomini e'lon qildi. Bu haqda OFK matbuot xizmati xabar berdi.
Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi nominatsiyasida uch futbolchi o‘rin olishgan. Ular Umar Abdulrahmon (BAA), Hammadi Ahmad (Iroq) va Vu Leidir. Abdulrahmon jamoasi "Al Ayn" bilan Osiyo chepionlar ligasi finaliga qadar yetib keldi. Hammadi esa OFK kubogida jamoasi bilan finalda g‘olib chiqdi. U turnir to‘purari bo‘lishdan tashqari, final bahsida g‘alaba golini urishga ham muvaffaq bo‘ldi. "Shanxay SIPG" futbolchisi Vu Lei ham g‘olib bo‘lishga asosiy da'vogarlardan biri sifatida qaralmoqda.
Ayollar nominatsiyasida esa ikki nafar avstraliyalik qiz Kaitlin Furd va Liza de Vanna nomzodi ham ko‘rsatilgan. Shuningdek, Xitoylik Tan Ruyin ham yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida Server Jyeparov ikki marotaba tengsiz topilgan.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 1 dekabr kuni Abu Dabi shahrida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

12:15 / 01.02.2025
Ispaniya futbol federatsiyasining sobiq prezidenti sudga tortiladi

10:07 / 08.01.2025