Tramp: uyquchan Klintonga mamlakatni boshqarishga kuch yetmaydi

Foto: AP
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylovoldi poygasi sur'atlariga chidashga qodir emas va saylovlarga sanoqli kun qolganda charchagani sababli o‘z pozitsiyalarini boy bermoqda, deb aytdi uning prezidentlik saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi Donald Tramp. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men har kuni 5-6 ta tadbir o‘tkazaman, Xillari esa uxlagani uyiga ketadi. Unda mamlakatni boshqarish uchun talab qilinadigan kuch-quvvat yo‘q", deb aytdi Tramp Floridada tarafdorlari bilan uchrashuvda.
Trampning aytishicha, u Klintondan farqli o‘laroq, AQShda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladigan 8 noyabrgacha har kuni 5-6 ta uchrashuv o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid

14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi

15:46 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?

17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi

11:42 / 21.10.2024