Britaniyalik Football Manager o‘yinini o‘ynash bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi

Foto: brunchnews.com
Britaniyalik Darren Blend Football Manager o‘yinini eng uzoq vaqt davomida o‘ynash bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Blend Italiyaning "Fiorentina" jamoasi uchun 154 mavsum o‘ynadi hamda 151 marta Italiya chempionati g‘olibi bo‘ldi. U bu rekordni o‘rnatish uchun 173 kun 16 soat 51 daqiqa sarfladi. Ta'kidlanishicha, u bu natijadan ham kattaroq natijani qayd qilishi mumkin edi, biroq o‘yinning raqamli ko‘rsatkichlari u noutbukiga qahva to‘kib yuborgandan keyin yo‘qolib ketgan. Britaniyalik Ginness rekordlar kitobining 2017 yilgi versiyasiga kiritiladigan bo‘ldi.
Football Manager kompyuter o‘yini futbol murabbiyi simulyatori bo‘lib, uning birinchi qismi 1992 yilda, oxirgi versiyasi esa 2016 yilda chiqarilgan.
Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025
Yaponiyada rekord darajada qor: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam jarohatlandi

00:00 / 02.01.2025
BAAda dronlar yordamida uyushtirilgan shouda ikkita rekord o‘rnatildi

19:16 / 23.11.2024