Fan-texnika | 19:13 / 31.10.2016
7178
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi «Defender» Land Rover ishlab chiqqan eng texnologik model bo‘ladi

Foto: motor.ru

Yangi avlod Land Rover Defender yo‘ltanlamasi mashhur Britaniya savdo belgisining tarixidagi texnik jihatdan eng mukammal mashinasi bo‘ladi. Bu haqda Autocar nashriga Jaguar Land Rover (JLR) guruhi rahbari Ralf Spet ma'lum qildi.

Yangi «Defender» to‘liq alyuminiydan yasalgan platforma negizida barpo etiladi. U tuzilishiga ko‘ra, Range Rover va Range Sport hamda to‘rtinchi avlod Land Rover Discovery shassisiga o‘xshab ketadi. Yo‘ltanlamas standart va uzaytirilgan g‘ildiriklar bazasiga ega bo‘ladi. 

Yangi Discovery’dan shuningdek, po‘lat prujinalarga ega modernizatsiya qilingan mustaqil podveska olinadi. Biroq, uning old va orqa o‘lchami birmuncha qisqa bo‘lgani bois, «Defender»ni noqulay yo‘llarga eng moslashgan vositaga aylantiradi. 

Dvigatellar qatoriga ikki litrli benzinli va Ingenium oilasiga kiruvchi dizelli “to‘rtlik”, bundan tashqari atmosferali va kompressorli V6 agregatlari kiradi.
Yangi avlod Defender’ning aholi uchun va og‘ir yo‘llar uchun mo‘ljallangan namunalari ham ishlab chiqiladi. 

JLR rahbarining bayonot berishicha, ushbu modelning barcha muhandislik ishlari yakunlangan va kompaniya «Defender»ni yo‘llarda sinash ishlarini boshlab yuborgan. Spetning aytishicha, yo‘ltanlamas dizayni kishini lol qoldiruvchi darajada juda 

Land Rover Defender avval taxmin qilinganidan bir yil kechroq, 2019 yilda namoyish etiladi. 

Mavzuga oid