Apple simsiz quloqchinlarni sotuvga chiqarishni noma'lum muddatga qoldirdi

Foto:9to5mac.com
Apple kompaniyasining AirPods simsiz quloqchinlari avval rejalashtirilgandan kechroq sotuvga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.
Kompaniya gadjyetlarni to‘liq tayyor bo‘lmaguncha sotuvga chiqarmoqchi emas. Kompaniyada AirPods’ni sotuvga chiqarish uchun qo‘shimcha vaqt zarurligi aytildi.
Korporatsiya vakillari quloqchinlar do‘kon peshtaxtalariga chiqadigan aniq muddatlarni ma'lum qilishmadi. Quloqchinlar oktabrdan 159 dollar narxda sotuvga chiqishi rejalashtirilgandi.
Mavzuga oid

17:03
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025