Audi: 40 dollar evaziga 200 ming dollarlik mashina

Meksikalik suratchi Feliks Ernandez 200 ming AQSh dollari turadigan Audi R8 modelini avtomobilning 40 dollarlik o‘yinchog‘i yordamida reklama qildi.
DIY Photography nashrining yozishicha, dastlab suratkash o‘z g‘oyalarini Audi vakillariga bildirgan. Natijada kompaniya rahbariyati o‘yinchoq mashina yordamida olingan suratlarni yuqori baholab, reklama suratlarini olishga buyurtma bergan.
Digital Synopsis nashrining yozishicha, fototasvirlarni olish uchun kam kuch sarflangan. Ernandez sahna ko‘rinishi, yorug‘lik, foydali rakurslar va fotokamera sozlamalari vositasida maxsus effektlarni hosil qilgan. U o‘zining Facebook tarmog‘idagi guruhida reklama tasvirlarini suratga olish maydonchasidan olingan suratlarni e'lon qildi.
Feliks Ernandez kichik buyumlarni yirik ko‘rsatuvchi suratlari bilan mashhurdir.
Mavzuga oid

17:39
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

14:42 / 05.03.2025
Reklama qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq korxona jarimaga tortildi

20:40 / 01.03.2025
AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi

17:00 / 28.02.2025