Rossiya Belgiya HHKning Halab yaqiniga berilgan havo zarbasiga oid yangi dalillarni taqdim etdi

Foto: EPA
21 oktabr kuni Rossiya TIV Belgiya qirolligining Moskvadagi elchisi Aleks van Meuvenni vazirlikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda TIV saytida.
Rossiya TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Vladimir Titov Belgiya elchisi Aleks van Meuvenga Belgiya HHKning Halab shahri yaqinidagi Hassajyek qishlog‘iga berilgan havo zarbalariga aloqadorligini isbotlovchi yangi dalillarni taqdim etgan.
Titovning qayd etishicha, «Belgiya tomonining 18 oktabr kuni qirollik HHK samolyotlarining tinch aholi vakillarining o‘limiga olib kelgan, Halab yaqiniga havo zarbasi berganini qattiq inkor qilishini» tushunib bo‘lmaydi.
«Belgiya diplomatiga Hassajyek qishlog‘iga Belgiya samolyotlari zarba berganini isbotlovchi dalillar taqdim etildi. Ikkita F-16 samolyotlarining parvoziga oid batafsil texnik axborotlar berildi. Bu ma'lumotlar avval ham Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan Belgiya harbiy attashesiga taqdim etilgandi», — deyiladi TIV bayonotida.
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:02 / 15.03.2025