Rossiya-Yevropa zondi Marsga muvaffaqiyatli qo‘ndi

Foto: Pesa.int
«Skiaparelli» (Schiaparelli) moduli Mars sayyorasiga qo‘ndi, deb xabar qilmoqda Yevropa kosmik agentligi.
«Skiaparelli» qo‘nganidan so‘ng, Mars Express, Mars Reconnaissance Orbiter Mars zondlari va TGO orbital modulining sayyora yuzasidan yozadigan va qabul qiladigan ma'lumotlarni Yerga yuborishni boshlashi kerak. Rossiya TGO signallarini Ayiq ko‘llari va Kalyazinadagi stansiyalarda qabul qiladi.
TGO Mars tuprog‘ida suvli muzlarning tarqalish miqdori va atmosferasidagi kichik gaz aralashmalarini o‘rganadi. «Skiaparelli» sayyora atmosferasiga kirish, tushish, qo‘nish va tadqiqotlar o‘tkazish texnologiyasini qayta ishlashga mo‘ljallangan. U Marsda akkumulyator batareyalari quvvati yakunlanguncha bir necha kun ishlaydi.
Rossiya-Yevropaning «EkzoMars-2016» missiyasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 14 martda ishga tushirilgan edi. Zondni «Proton-M» raketa tashuvchisi fazoga olib chiqqandi.
2016 yil 16 oktabrida «Skiaparelli»ning desant moduli TGO modulidan muvaffaqiyatli ajragan edi.
Mavzuga oid

22:14 / 13.03.2025
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal

21:28 / 13.03.2025
Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

20:57 / 13.03.2025