Jahon | 21:28 / 13.03.2025
1349
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mamlakatga kirish taqiqlangan YeI fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

Ro‘yxatga, shuningdek, RFga qarshi rezolyutsiya hamda qonun loyihalariga ovoz bergan YeIga a’zo davlatlar va Yevroparlament deputatlari ham kiritildi.

Foto: Vedomosti

Moskva YeI sanksiyalarining 16-paketiga javoban mamlakatga kirishi taqiqlangan Yevropa davlatlari va institutlari vakillarining ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi.

«Gap YeI davlatlarining kuch tuzilmalari, davlat va tijoriy tashkilotlari vakillari, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga, mamlakatimiz hududiy yaxlitligiga putur yetkazishga va Boltiq dengizida Rossiya kemalari harakatini to‘sishni tashkillashtirga mas’ul fuqarolar haqida ketmoqda», — deyiladi idora xabarida.

Ro‘yxatdan, shuningdek, «noqonuniy hibsga olish va odamlarni Ukraina hududidan olib chiqish»ga aloqador Rossiya fuqarolarini ta’qib qilish, mamlakat rahbariyatiga qarshi «tribunal» tashkil etish va Rossiya mulklarini Ukraina foydasiga musodara qilishni qo‘llab-quvvatlagan Yevropa Ittifoqi tuzilmalari va hukumat organlari vakillari ham o‘rin olgan.

Bundan tashqari, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy qilishda mas’ul bo‘lgan va rusofob ritorika bilan «ajralib turgan»larning mamlakatga kirishi taqiqlanadi. Ro‘yxatga Rossiyaga qarshi rezolyutsiya hamda qonun loyihalariga ovoz bergan YeIga a’zo davlatlar va Yevroparlament deputatlari ham kiritilgan.

Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini 24 fevral kuni joriy etdi. Ushbu cheklov choralari RF iqtisodiyotining muhim yo‘nalishlariga, jumladan, bank, metallurgiya va logistika sohalariga qarshi yo‘naltirilgan.

Mavzuga oid