Ispaniya janubida gaz portlashi oqibatida 77 kishi jabrlandi

Ispaniya janubidagi Veles-Malaga shahridagi kafelardan birida gaz balloni portlashi oqibatida kamida 77 kishi jarohat oldi. Bu haqda Andalusiya viloyati favqulodda xizmatlari vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Portlash La Bohemia deb nomlangan kafeda 1 oktabrda kechga yaqin yuz bergan, deb xabar bermoqda La Opinion de Malaga. Barcha jabrlanuvchilar shahar shifoxonalariga yetkazilgan. 20 kishi tibbiy yordam ko‘rsatilgach qo‘yib yuborilgan, 4 kishi jiddiy jarohat olgan. Ko‘pchilik jarblanuvchilarda kesik va lat yeyish jarohatlari qayd qilingan.
Mavzuga oid

19:24 / 23.02.2025
Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi

22:23 / 19.02.2025
Ispaniya va Misr G‘azo sektoridagi falastinliklarning ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

22:45 / 18.02.2025
Kanada va Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

10:11 / 15.02.2025