Qaysi avtomobillarda bolg‘acha bo‘lishi shart emas?

2016 yil 23 sentabrda qabul qilingan № O‘RQ–411 qonunga ko‘ra, qonunda belgilangan tartibda yetarli darajada jihozlanmagan avtomobil egalariga jarima solinishi haqida xabar qilingan edi. Xususan, transport vositasida favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun bolg‘acha, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariyali holatlarda to‘xtash belgisi va yorug‘likni qaytaruvchi nimchalardan biri bo‘lmasligi eng kam oylik ish haqining yarim baravari miqdorida jarima solinishiga asos bo‘ladi.
Biroq, bolg‘acha M2 va M3 toifasidagi transport vositalari uchun zarur, deb xabar qilmoqda Uznews.uz sayti.
Shunga ko‘ra, yengil avtomobillarda: tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, avariya holatida to‘xtash belgisi, yorug‘likni qaytaruvchi nimchasi bo‘lishi lozim.
M2 toifasiga, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari 8dan ortiq yo‘lovchi o‘rindig‘iga ega hamda eng og‘ir vazni 5 tonnagacha bo‘lgan yoki ularning negizida ishlab chiqilgan va haydovchi o‘rindig‘idan tashqari 3-8 o‘rindiqqa ega avtotransport vositalari kiradi.
M3 toifasiga haydovchi o‘rindig‘idan tashqari 8tadan ortiq o‘rindiqqa ega va eng og‘ir vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalari kiradi. (Yo‘l harakatlari qoidalariga 3-sonli ilovaning 7.10 bandi).
Mavzuga oid

13:39 / 26.02.2025
2024 yil jarimalardan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi. Bu pullar qayerga sarflanyapti?

12:38 / 25.02.2025
Hozircha kamera va radarlarga tushganda yoziladigan jarimalar 12 balli tizimga qo‘shib hisoblanmaydi

20:22 / 21.02.2025
Qaysi qoidabuzarliklar uchun jarima balli hisoblanadi?

19:25 / 21.02.2025