Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google sayyohlar uchun maxsus ilovani ishga tushirdi

Google kompaniyasi sayohatlarni rejalashtirish uchun maxsus Google Trips xizmatini havola etmoqda, deb xabar qilgan TechCrunch.
Android va iOs dasturli smartfonlarda ishlaydigan xizmat Google Maps ma'lumotlari va Gmail pochtasiga kelgan maktublardan foydalangan holda sayyohlik yo‘nalishlarini tuzish imkonini beradi. Foydalanuvchi o‘zining avvalgi va bo‘lg‘usi safarlari ro‘yxatini ko‘rishi, ular haqida batafsil axborotga ega bo‘lishi mumkin.
Masalan, sayyohning elektron pochtasida mehmonxonalar va aviachiptalarni bronlagani to‘g‘risida maktublar bo‘lsa, Google Trips bularning barchasi bir joyga to‘playdi. Shuningdek, foydalanuvchi har bir yo‘nalish bo‘yicha eng diqqatga sazovor joylar, kafe va mehmonxonalar xususida bila oladi.
Qayd etilishicha, hozircha, tavsiyalar bo‘limida dunyoning 200ta eng ommabop shahriga oid takliflar mavjud. Ular sayyohlardan olingan ma'lumotlar asosida ishlab chiqiladi.
E'tiborli jihati, safar haqidagi ma'lumotlardan internetga ulanmasdan foydalansa bo‘ladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

19:20 / 19.07.2025
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

21:41 / 15.07.2025
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi

18:22 / 10.07.2025
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

09:55 / 15.05.2025