Fan-texnika | 17:20 / 12.09.2016
6316
2 daqiqa o‘qiladi

Finnair aviakompaniyasi samolyotda Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanishni taqiqladi

Finlyandiyaning Finnair milliy aviakompaniyasi o‘z samolyotlari bortlarida Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanish yoki bunday qurilmalarni quvvatlantirishni taqiqladi. Finnlar janubiy koreyaliklar kompaniyasi mahsulotlaridagi qizib ketish ortidan portlash ro‘y berishi bo‘yicha holatlar yuz bergach, bu smartfondan foydalanishga qo‘yilgan taqiqqa qo‘shilgan.

"Samsung Galaxy Note 7 telefonini faqat qo‘lda olib yurish mumkin. Telefon parvoz vaqtida o‘chiq bo‘lishi hamda quvvatlantirilmasligi kerak", — deyilgan Finnair xabarida.

Bundan oldinroq, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib shunday taqiqlar BAA, Indoneziya, Singapur, Hindiston va Avstraliyadagi aviakompaniyalar tomonidan joriy qilingandi.

AQSh aviatsiya boshqarmasi aviayo‘lovchilarga Galaxy Note 7 smartfonidan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Qolaversa, AQSh rasmiylari Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridan voz kechishga chaqirdi.

Samsung kompaniyasi ham o‘z mijozlaridan Galaxy Note 7 smarfonlaridan foydalanishni to‘xtatishni hamda smarfonlarni yangilariga almashtirib olishni so‘ragan.

Galaxy Note 7 sotuvi 19 avgust kuni dunyoning 10ta mamlakatida yo‘lga qo‘yilgandi. Sentyabr oyi boshida kompaniya batareyalar portlab ketishi xavfi mavjudligi tufayli  Galaxy Note 7 sotuvini to‘xtatdi. Shundan so‘ng,  Galaxy Note 7 smartfonlari yangilariga almashtirib berilishi e'lon qilindi.

Mavzuga oid