Tojikistonda mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan tantanali parad o‘tkaziladi

9 sentabrda Tojikiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan tantanali paradda 60 mingdan ko‘proq odam ishtirok etadi.
"Tojikistonning bosh bayrami – davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan asosiy tadbirlar Dushanbeda bo‘ladi. Ertalab mamlakatning bosh maydoni "Dusti"da (Do‘stlik) 16 ming askar va zobit ishtirokida harbiy parad bo‘lib o‘tadi, so‘ngra maydon orqali 60 mingdan ko‘proq dushanbeliklar o‘tadi", deb aytdi mamlakat rahbari matbuot xizmati vakili.
Ma'lum qilinishicha, harbiy paradda aviatsiya va harbiy texnika ishlatilmaydi. Ertalab "Koxi Borbad" majmuasida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, hukumat vakillari va parlament deputatlari, Dushanbeda akkreditlangan diplomatlar va jamoatchilik ishtirokida bayram yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishdan keyin bayram gala-konserti beriladi. Kechki payt Dushanbedagi respublika stadionida sahnalashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tadi va u bayramona mushakbozlik bilan yakunlanadi.
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024