Lola Karimova o‘zbekistonliklarga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zbek xalqini Mustaqillikning 25 yillik bayrami bilan tabrikladi va o‘zining feysbukdagi sahifasida yurtdoshlarimizga samimiy tilaklar bildirdi.
"Aziz yurtdoshlar, sizni barchamiz uchun qadrli ayyom – O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman!
Men bizning bag‘rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli xalqimizga baxt-saodat va farovonlik tilayman! Saxovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman.
Azizlar, ushbu fursatdan foydalanib, men barchangizga Prezidentimizning tez shifo topishlarini istab bildirgan samimiy tilaklar va ezgu niyatlaringiz uchun chin qalbimdan o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu bizlar uchun juda ahamiyatlidir, nihoyatda samimiy va dildan chiqqan tilaklar va so‘zlar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman. Sizlarga katta rahmat, azizlar!"
Mavzuga oid

17:58 / 14.01.2025
Milliy armiyamiz yoshlar uchun mardlik va shon-sharaf maktabiga aylanmoqda - Mirziyoyev

18:37 / 01.10.2024
Komil Allamjonov ustoz va murabbiylarni tabrikladi

21:10 / 30.09.2024
Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

21:24 / 23.09.2024