Britaniyalik ayol o‘z farzandlarini besabab jarrohlik amaliyotiga yo‘liqtirdi

Britaniyalik ayol 10 yildan ortiq vaqt davomida o‘z farzandlarini bemor rolini o‘ynashga majbur qilgan va ularni ataylab jarrohlik stoliga yetaklagan. Bu haqida Die Welt nashri ma'lum qildi. U shu yo‘l bilan 100 ming yevrodan ortiq pul ishlab olgan.
Londonda yashovchi 48 yoshli Kroydon davlatdan yordam puli olish uchun 10 yildan ortiq vaqt davomida o‘g‘lini astma kasalligi, qizini esa - oshqozonda og‘riqlar bezovta qilishi haqida yolg‘on ma'lumot bergan.
Ayolning farzandlari bir necha marotaba shifokorlar tomonidan jarrohlik stoliga yotqizilgan, chunki ona muntazam ravishda bolalarning ovqat hazm qilishida muammolar borligidan shikoyat qilgan.
Sudlanuvchining o‘g‘liga steroidlar yordamida davolanish muolajalari belgilangan. Maktabda hech kim bolaning astmasi borligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamagani bois u o‘zini autizm kasaliga solishiga to‘g‘ri kelgan.
Shifoxona ma'lumotlariga asoslangan ayol davolanish muolajalari uchun davlatdan taxminan 100 ming yevro olgan. Uning uyidan 160 ming yevroga baholangan dori vositalari topilgan.
Sud britaniyalik ayolga yetti yarim yillik qamoq jazosini tayinladi. Mazkur ish yuzasidan tergov davomida 114 nafar guvoh so‘roq qilingan.
Mavzuga oid

14:22 / 05.02.2025
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

22:06 / 28.01.2025
Hindistonda 17 kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

09:33 / 16.01.2025
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi

11:11 / 25.12.2024