Rossiyalik kurashchi Viktor Lebedev 6 avgustda Olimpiadada ishtirok etish uchun batamom ruxsat olganini bildi. Tegishli qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining maxsus komissiyasidan keldi. E'tiborlisi, kurashchi Olimpiadada ishtirok etishini Rioga yo‘lda bildi.
"Bugun ertalab Rossiyaning erkin kurash bo‘yicha terma jamoasi, jumladan Viktor Lebedev Braziliyaga uchib ketdi. Lebedev Amsterdamda boshqa samolyotga o‘tilayotganda XOQning maxsus komissiyasidan Olimpiadaga qo‘yilgani haqidagi qarorni oldi. Endi rossiyalik kurashchilar Rioda litsenziya olgan barcha 17 vazn toifasida ishtirok etadilar", deb yozdi feysbukda Rossiya sport kurashi federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Georgiy Bryusov.