Italiyalik bokschi Olimpiadada ishtirok etayotgan ilk professional bokschi bo‘ldi

Sport 00:14 / 07.08.2016 4512

Professional ringda mag‘lubiyatni bilmayotgan italiyalik professional bokschi Karmine Tomasson Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada ilk uchrashuvini o‘tkazdi va  Olimpiadada ishtirok etayotgan ilk professional bokschi bo‘ldi. 60 kg vazn toifasida Tomasson dastlabki uchrashuvida hakamlarning bir ovozlik qarori bilan meksikalik bokschi Lindolfo Delgadoni yutdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro havaskorlik boks uyushmasi professional bokschilarga Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat bergandi. Biroq Butunjahon bokschilik kengashi (WBC) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘z reytingidagi bokschilarga Olimpiadada ishtirok etishni taqiqladi, chunki professional bokschilarning Olimpiadada ishtirok etishlarini sportga xos bo‘lmagan harakat deb hisoblamoqda. Bu tashkilotlarning fikricha, bunday uchrashuvlar havaskor bokschilar sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: