Braziliyadagi Olimpiadada sport gimnastikasi bo‘yicha saralash musobaqalarida noxush voqea yuz berdi. Fransiyalik gimnastikachi Samir Ait Said tayanch sakrash mashqini bajarish vaqtida yiqilgandan keyin oyog‘ini sindirib oldi. Sportchi zambillarda olib chiqilgan va darhol shifoxonaga jo‘natilgan.
Samir Ait Said 2013 yilda halqalarda mashq bajarish bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘lgan, Yevropa musobaqalarida uch marta 2- va ikki marta 3-o‘rinlarni egallagan.