Yaponiya bahsli hudud yaqiniga radarlar o‘rnatgani uchun Xitoyga e'tiroz bildirdi

Jahon 10:03 / 07.08.2016 6136

Yaponiya Sharqiy-Xitoy dengizi hududidagi bahsli orollar ro‘parasidagi gaz platformasiga radiolokatsiya qurilmalari o‘rnatgani uchun Xitoy tomoniga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Yaponiya TIV ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar tarqatgan.

Yaponiya tomoni fikricha, xitoyliklarning radarlari gaz platformasi uchun zaruriy qurilmalar emas. Xitoyning bu harakati platformadan harbiy maqsadda foydalanish niyatlarini anglatadi.

Vazirlik vakilining xabar berishicha, radarlar shu yilning iyunida aniqlangan, lekin e'tiroz 5 avgust kuni bildirilgan.

Bundan oldinroq Yaponiya bahsli hududga xitoyliklar kemalari kirgani uchun ham qat'iy e'tirozini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: