AQShda musiqa festivalida 20 dan ortiq kishi giyohvand moddadan zaharlandi

Jahon 08:16 / 07.08.2016 3849

AQShda Ohio Dreams musiqa festivalida konfet ostiga niqoblangan giyohvand modda – opiatdan 20 dan ko‘proq odam zaharlandi, deb xabar bermoqda NBC telekanaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Ma'lum qilinishicha, noma'lum kimsalar festivalga tashrif buyurganlar orasida konfetga o‘xshash narsa solingan paketlarni tarqatganlar. Shundan keyin 20 dan ortiq kishi narkotik zaharlanish bilan shifoxonaga yotqazilgan. 

Axborot agentligining yozishicha, mahalliy politsiyada jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga murojaat qilmagan bo‘lishi mumkinligi sababli ularning aniq soni noma'lumligi aytilgan. Shuning uchun ularning soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

Hozir politsiyachilar giyohvand moddani musodara qilib, uning xususiyatlarini aniqlash uchun ekspertizaga yuborishdi. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: