Afg‘onistonlik 6 yoshli qizini echki va yegulik evaziga 55 yoshli erkakka turmushga berdi

Jamiyat 00:39 / 07.08.2016 21392

Afg‘onistonlik o‘zining 6 yoshli qizini echki, bir qop guruch, shakar va kungaboqar moyi evaziga 55 yoshli erkakka turmushga berdi. 

Qizchaning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Said Abdulkarim bu ishi uchun politsiya tomonidan hibsga olindi, deb yozmoqda Russia Today.

Hozirda qizning otasi ham qidirilmoqda.

Afg‘oniston qonunlari ayollarga 16 yoshga yetgach turmushga chiqishga, erkaklarga esa 18 yoshdan uylanishga ruxsat beradi.

2013 yilda 7 yoshli afg‘on qizining otasi o‘z qizini 35 yoshli erkakka 2 ming dollarga turmushga berganini tan olgandi. Ota nochorlik sababli bu ishga qo‘l urganidan afsusdaligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: