Yamaykalik mashhur sprinter, 6 karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada ochilish marosimida qatnashmaganini dangasaligi bilan tushuntirdi. Uning bu so‘zlarini The Telegraph nashri keltirdi.
"Men juda dangasa yigitman, kecha hech narsa qilgim kelmadi", deb aytdi Bolt.
Nashr Boltning marosimda paydo bo‘lmaganining asl sababi Olimpiadaning boshqa ishtirokchilari tomonidan unga ortiqcha e'tibor qaratilishi bo‘lgani va yulduz shu sababli marosimda ishtirok etmaganini taxmin qildi. Sprinter joriy Olimpiadaning bosh yulduzlaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq Bolt Rio Olimpiadasi u uchun oxirgisi bo‘lishini aytgandi. 29 yoshli yuguruvchi 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin faoliyatini yakunlamoqchi.
Bolt Pekin va Londondagi Olimpiadalarda umumiy hisobda uchta yo‘nalishda: 100 va 200 metr hamda estafeta yugurishda 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. Londondagi Olimpiadada Bolt Yamayka terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan.