Tramp: “AQSh Rossiya bilan kelishib, IShIDni yo‘q qilishi kerak”

Jahon 11:03 / 06.08.2016 11231

AQSh Rossiya bilan munosabatlarini tiklab, o‘zaro hamkorlikda IShID terrorchi guruhiga barham berishi kerak. Amerika prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp, Viskonsin shtati Grin-Bey shahrida tashkil etilgan uchrashuvda shunday fikrlarni ilgari surgan. 

"IShIDni tugatish kerak. Biz, AQSh Qurolli kuchlari qudratini tiklaymiz va o‘z tomonimizga boshqalarni ham jalb etamiz. Ha aytgancha, Rossiya bilan kelishib olish ham yomon bo‘lmaydi. Ular, dangal, taptortmay, jasurona gapirishadi. Axir, ular va boshqalar bilan kelishgan holda IShIDni yo‘q qilsak, yaxshi bo‘lmaydimi?", - degan Tramp anjuman qatnashchilariga. 

"Biz birgalikda Amerikani tinch, xavfsiz va gullab-yashnagan davlat qilamiz", - degan siyosatchi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp, 19-iyun kuni Britaniyaning The Sunday Times va Italiyaning Corriere della Sera gazetalariga bergan intervyusida, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya munosabatlarining tiklanishi jahon hamjamiyatiga foyda keltirishini aytgan edi. Uning fikricha, ushbu ikki mamlakat imkoniyatlarini birlashtirish, salbiy emas, ijobiy samara beradi.

Ko‘proq yangiliklar: