Strategy Analytics: Android operatsion tizimi Hindiston bozorining 97 foiz ulushini egallamoqda

Fan-texnika 00:02 / 06.08.2016 6418

Android operatsion tizimi 2016 yil 2-choragida Hindistondagi ulushini 97,1 foizgacha oshirdi. Bu ma'lumotlar Strategy Analytics kompaniyasi tadqiqotlaridan ma'lum bo‘ldi. 

Taqqoslash uchun, 2015 yil aprel-iyunida Android mamlakat bozorining 90 foizini egallagandi.

Bu orada Apple iOS operatsion tizimining ulushi 4,5 foizdan 2,4 foizgacha qisqartirdi, qolgan operatsion tizimlarga esa bozorning 0,5 foiz ulushi to‘g‘ri kelmoqda. 

Hindistonda yilning 2-choragida yetkazib berilgan Android negizidagi smartfonlar 29,8 mln donani tashkil qildi, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 28,4 foizga ko‘proqdir. Apple iOS negizidigi smartfonlar yetkazib berilishi esa 33 foizga kamayib, 0,8 mln donani tashkil qilmoqda. 

Apple iOS ulushi va bu operatsion tizim negizidagi smartfonlar yetkazib berilishining pasayishi ularga o‘rnatilgan juda yuqori narxlar bilan tushuntirilmoqda.  

Hindistonga yetkazib berilgan smartfonlar soni 2-chorakda 19 foizga oshib, 30,7 mln donagacha yetdi. Strategy Analytics kompaniyasi buni Hindiston ayni vaqtda Xitoy va AQShdan keyin dunyoda uchinchi raqamli smartfonlar bozori hisoblanishi bilan tushuntirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: