Saudiya terrorchilarni aniqlash bo‘yicha mutaxassismi?

Jahon 16:00 / 06.08.2016 10612

Germaniya hukumati mamlakatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terraktlardan ogohlantirish va ularga qarshi chora ko‘rish uchun Saudiya Arabistoniga murojaat qildi. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga asoslanib Al Arabia xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Saudiya bu taklifga rozi bo‘lgan va endi Germaniyaga terrorchilikka qarshi kurashda yordam beradi. Bu yordamning ichida Germaniyada uyushtirilishi kutilgan terraktlarni aniqlash va  shubhali kimsalarning mobil telefonlarini tekshirish kiradi. Nemislar Saudiyaning bu boradagi tajribasini inobatga olgan holda shunday hamkorlikni ma'qul ko‘rishgan.

18 iyul kuni Germaniyadagi supermarketlardan biri yaqinida kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan 17 yoshli yigit besh kishini otib o‘ldirgan edi. Undan tashqari 24 iyul kuni 27 yoshli suriyalik Anshbaxda o‘zini portlatib, 15 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan.

Bavariya ichki ishlar vazirining ma'lum qilishicha, Anshbaxdagi xudkush portlashni amalga oshirishdan bir necha daqiqa oldin telefonda rahbarlaridan buyruq olgan. Shu sabab Germaniya mobil nazoratni kuchaytirmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: