Saudiya Arabistoni neft bozori uchun kurashish maqsadida Osiyo uchun narxini arzonlashtirdi

Iqtisodiyot 12:55 / 06.08.2016 6782

Saudiya Arabistoni Rossiya, Eron va Iroq bilan Osiyo neft bozori uchun kurash doirasida qora oltin naviga ko‘ra, har bir barrelini 0,7dan 1,3 dollargacha arzonlashtirdi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal gazetasi. 

"Bu qaror, Saudiya Arabistonining Osiyo bozorida ishtirok etayotgan Yevropa va Yaqin sharq mamlakatlariga nisbatan raqobat bardoshligini oshirish maqsadida qabul qilindi", - degan nashr manbasi. 

Shu yilning ikkinchi choragida, Saudiya podshohligi Hindistonga neft yetkazib berish bo‘yicha o‘z o‘rnini Iroqqa bo‘shatib bergan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Iroq Saudiyaga ko‘ra 1 mln tonna ko‘proq, jami 11 mln tonna neft yetkazib bergan. 

Saudiya Arabistoni Xitoyda Rossiya bilan to‘qnash kelmoqda. Rossiya, Xitoy bojxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan neft eksportini 9 foizga ko‘paytirib, Xitoyga iyun oyida 4 mln tonna neft yetkazib bergan. Saudiyaning shu oydagi eksporti esa, 14 foizga tushib ketgan va 4,6 mln tonnani tashkil etgan.

JBC konsalting kompaniyasi axborotiga binoan, Eronning Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyaga jami neft eksporti 2016-yilning birinchi yarim yilligida 29 foizga o‘sib, kuniga 1,4 mln barrelni tashkil etgan. Bundan tashqari, Eron ikkinchi chorakda Hindistonga 5 mln tonna neft yetkazib bergan.

Ko‘proq yangiliklar: