Saudiya Arabistoni malikasi Parijda o‘g‘rilik qurboniga aylandi

Jahon 01:13 / 06.08.2016 17529

Parij markazida o‘g‘rilar Saudiya Arabistoni malikasini tunab ketdilar. Jinoyatchilar malikaning qo‘lidagi qimmatbaho soatni tortib olib qochganlar.

Malika Parij bo‘ylab kechki sayrni amalga oshirayotganda uning yoniga ikki kishi tunash maqsadida kelgan.

AFP nashrining xabar berishicha, o‘g‘rilar malikaga tegishli Richard Mille shveysar lyuks brendining qimmatbaho soatini o‘g‘rilashgan. Soat narxi 1,47 mln dollarni tashkil qiladi. 

Keyinroq qiz politsiyaga murojaat qilgan hamda saudiyalik malika ekanligini va unga shopping vaqtida hujum qilishganini aytgan. O‘sha kecha malika ko‘chaga qo‘riqchilarisiz chiqqan va oqibatda bundan pushaymon yegan.

Ayni vaqtda politsiya ikki jinoyatchini qidirmoqda. Malikaning ismi tergov manfaati yo‘lida oshkor qilinmagan.

Avvalroq ham saudiyalik malikalar o‘g‘rilar qurboni bo‘lishgan. Shunday voqealardan birida, Italiya kurortida o‘g‘rilar malikaning xonasidagi seyfni demontaj qilgan. Seyf ichida umumiy qiymati 11 mln yevrolik zargarlik buyumlari bo‘lgan. Gap Saudiya Arabistoni qirollik uyi a'zosi haqida ketayotgani sababli kurortga Saudiya Arabistoni elchixonasi xodimlari kelgan, voqeani tergov qilishga maxsus xizmatlar xodimlari jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: