Ruminiyada o‘smirlar futbol jamoasi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi

Jamiyat 21:11 / 06.08.2016 3784

Ruminiyaning Xunedoar uyezdidagi Vetsel aholi punktida yo‘lovchi mikroavtobusi va yuk mashinasining to‘qnashishi oqibatida 20 kishi jabrlandi. Bu haqda AGERPRES agentligi ma'lum qildi. 

Avtobusda o‘smirlar futbol jamoasi "Aurul"ning 17 yoshdan 26 yoshgacha 18 a'zosi bo‘lgan. Ular Iliya aholi punktidagi uchrashuvga ketayotgan bo‘lganlar, deb ma'lum qildi mahalliy politsiya vakili. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasining 39 yoshli haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, avtobusga urilgan. 

Ko‘pchilik jabrlanganlarning oyoq-qo‘llari singan, ular bosh miya-chanoq jarohatlari olganlar. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: