Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 31-yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilishi marosimi bo‘lib o‘tayotgan "Marakana" stadioni oldida mahalliy aholining norozilik namoyishlari boshlandi. Ma'lum qilinishicha, shaharliklar byudjyet mablag‘larining Olimpiya qishlog‘i va o‘yinlarning o‘tkazilishi uchun sarflanayotganiga qarshi chiqmoqdalar.
Politsiya xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llagan. Biroq bu namoyishchilarni battarroq darg‘azab qilgan. Ular Braziliya milliy bayrog‘ini yoqib, shu yoqilgan bayroq yordamida Olimpiya mash'alasi estafetasi o‘tkazilishini taqlid qilganlar.
Olimpiada ochilish marosimi mahalliy vaqt bilan soat 20.00da (Toshkent vaqti bilan soat 04.00da) boshlandi. Ayni vaqtda maydonga milliy terma jamoalar chiqib bo‘ldi, shuningdek Olimpiya bayrog‘i olib chiqildi va sportchilar qasamyod keltirdilar. Marosim davom etmoqda.